go main main menu go

NEWS

Notice


[Information] Kompleks jinsiy kasalliklar tekshiruvi tarkibi

관리자 2026-05-13 Views 9

HIV/AIDS



 Ta'rif 
HIV - bu organizmdagi immun hujayralarini zararlab, immun tizimi faoliyatini asta-sekin pasaytiradigan virusdir.
'Agar tekshiruv qilinmasa va davolash kechiksa, immun tizimi juda zaiflashadi. Shunda virus ko'payib, immun tizimini asta-sekin yomonlashtiradi va turli opportunistik kasalliklar paydo bo'ladi. Bu holat AIDS deb ataladi. 

 Yuqish yo'llari 
Infeksiyalangan odamning qoni, urug' suyuqligi yoki vaginal suyuqligi sog'lom odamning jarohati yoki shilliq qavatiga tegib so'rilsa, HIV yuqishi mumkin.
Asosan prezervativsiz jinsiy aloqa yoki bir hil ignani birga ishlatish orqali yuqadi. 

 Tashxis va davolash 
Tezkor test (qon yoki og'iz suyuqligi orqali) dastlabki tekshiruv hisoblanadi. Agar ushbu test ijobiy chiqsa, qo'shimcha tasdiqlovchi test orqali infeksiya bor-yo'qligi aniqlanadi.
Agar HIV aniqlansa, antiretrovirus dorilar qabul qilib davolanadi. 
Davolanish natijasida kasallik AIDS bosqichiga o'tmaydi va virus miqdori aniqlanmaydigan darajaga tushadi (U=U).
Bunday holatda boshqa odamga HIV yuqmaydi.

 Alomatlar 
Ba'zi bemorlarda infeksiyaning boshida qusish, ich ketishi, isitma kabi alomatlar paydo bo'lishi mumkin. Biroq ko'p hollarda alomatsiz o'tadi, shuning uchun tekshiruvdan o'tish muhim. 
Infeksiyadan keyin bir necha yil davomida yashirin davri bo'lib, shu vaqt ichida immun tizimi asta-sekin zararlanadi va turli opportunistik kasalliklar paydo bo'lishi mumkin.

 Oldini olish usullari 
HIV dan himoyalanish usullari turlicha.
Masalan, jinsiy aloqa paytida prezervativ ishlatish, ta'sirdan oldingi profilaktika (PrEP), ta'sirdan keyingi profilaktika(PEP), virus aniqlanmaydigan darajadagi U=U bemor bilan jinsiy aloqa qilish kabilar bor.


Sifilis



 Ta'rif 
Sifilis jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklardan biri bo'lib, 'Treponema pallidum deb nomlangan bakteriya sabab bo'ladi.

 Yuqish yo'llari 
Sifilis asosan jinsiy aloqa orqali odamdan odamga yuqadi. Og'iz orqali jinsiy aloqa yoki anal aloqa kabi bevosita kontakt jarayonida ham yuqishi mumkin.
Ayniqsa, teri yoki shilliq qavatda yara yoki shikastlanish bo'lsa, infeksiya xavfi yanada yuqori bo'ladi. 

 Tashxis va davolash 
Qon tahlili va klinik belgilar orqali tashxis qo'yiladi. Agar kasallik erta aniqlansa, penitsillin ukoli bilan ko'pchilik hollarda to'liq davolanadi. 
Ammo, davolanishdan keyin ham qon tahlili natijalari past darajada bir muddat davom etishi mumkin, shuning uchun nazorat tekshiruvlari zarur.

 Alomatlar 
Sifilis bosqichma-bosqich rivojlanadi. 1-bosqichda bakteriya kirgan joyda og'riqsiz yara paydo bo'ladi. 2-bosqichda es, butun tanada, ayniqsa qo'ㅣ kafti va oyoq tagida toshmalar paydo bo'lishi mumkin, shuningdek soch to'kilishi ham kuzatiladi.
Agar uzoq vaq davolanmasa, 3-bosqichga o'tib, nerv tizimi va yurak kabi ichki organlarga zarar yetkazishi mumkin.

 Oldini olish usullari 
Jinsiy aloqa paytida prezervativ ishlatish sifilis bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Agar yara yoki toshma kabi alomatlar paydo bo'lsa, tekshiruvdan o'tib davolanish mumkin. 



Gepatit C



 Ta'rif 
Gepatit C - HCV virusi sabab bo'ladigan va jigar yallig'lanishiga olib keladigan kasallikdir. 
Ko'pincha alomatlar aniq bo'lmagani sababli odam kasallikni bilmay yurishi va keyinchalik aniqlanishi mumkin. 

 Yuqish yo'llari 
Gepatit C asosan qon orqali yuqadi. Jinsiy aloqa vaqtida yuzaga kelgan jarohatlar orqali qon bilan kontakt bo'lsa ham yuqishi mumkin. 
Shuningdek, bir hil igna(shprits)ni ishlatish, steril qilinmagan asboblar bilan tatuirovka yoki pirsing qilish holatlarida ham infeksiya yuqish xavfi mavjud.

 Tashxis va davolash 
Gepatit C qon tahlili orqali aniqlanadi. Agar infeksiya tasdiqlansa, og'iz orqali qabul qilinadigan antivirus dorilarni 8~12 hafta davomida qabul qilib davolanadi.
Hozirda qo'llanilayotgan davolash dori vositalari juda samarali bo'lib, shifokor ko'rsatmasiga binoan muntazam qabul qilinsa, 98% dan ortiq hollarda to'liq sog'ayish mumkin.

 Alomatlar 
Gepatit C bilan kasallanganlarning tahminan 80% ida hech qanday alomatlar sezilmaydi, shuning uchun ular ko'pincha infeksiya yuqtirganini bilmay yurishadi. 
Ba'zi bemorlarda esa charchoq yoki sariqlik kabi alomatlar paydo bo'lishi mumkin.
Agar davolanmay, e'tiborsiz qoldirilsa, kasallik surunkali gepatitga aylanadi. Hatto bir necha yil davomida alomatlar bo'lsama ham, jigar zararlanishi davom etib, oxir-oqibat jigar sirrozi(jigar qotishi) yoki jigar saratoniga olib kelishi mumkin.

 Oldini olish usullari va ehtiyot choralari 
Gepatit C asosan qon orqali yuqadi, shuning uchun qat'iy profilaktika choralariga amal qilish zarur.
Jinsiy aloqa paytida prezervativdan foydalanish orqali qon bilan aloqa qilishning oldini olish kerak. Tatuirovka yoki pirsing qildirishda esa faqat steril asbob-uskunalar ishlatiladigan ishonchli mutahassisga murojaat qilish lozim.
Shuningdek, ustara, tirnoq olgich, shpits kabi qon tegishi mumkin bo'lgan shaxsiy buyumlarni hech qachon boshqalar bilan bo'lishmaslik kerak.
Ayniqsa, agar siz 40 yoshdan katta bo'lsangiz va ilgari gepatit C uchun tekshiruvdan o'tmagan bo'lsangiz, tekshiruvdan o'tishingiz tavsiya etiladi.


Yuqoridagi ma'lumotlar faqat ma'lumot uchun berilgan. O'zingizning sog'ligingiz holati bo'yicha aniq ma'lumot, tashxis va davolanish uchun albatta mutahassis shifokor bilan maslahatlashishingizni tavsiya etamiz. 
* Manba - Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi, Koreya yuqumli kasalliklar uyushmasi, Koreya jigar kasalliklarini o'rganish uyushmasi, AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi(CDC), Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti(WHO)